23-24-mart kunlari IIV Akademiyasida Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi Volgograd akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn ma’ruza maşğulotlari taşkil etildi.
Rossiyalik tajribali mutaxassislar, Volgograd akademiyasining Dastlabki tergov kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, professor, politsiya polkovnigi Yuliya Safonova hamda Içki işlar organlarida tergov faoliyatini taşkil etiş kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, professor, politsiya polkovnigi Sergey Yanin “Badanga qasddan şikast yetkaziş bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişning xususiyatlari: Rossiya tajribasi”, “Tergovçining tergovga qadar tekşiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar bilan özaro hamkorligini taşkil etiş” mavzularida ma’ruza qildi.
“Tergov faoliyati” ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar va professor-öqituvçilar iştirok etgan maşğulotlarda qasddan badanga tan jarohati yetkaziş jinoyatlarini tergov qilişning huquqiy asoslari, xususiyatlari, isbotlanişi lozim bölgan holatlar, ötkazilişi lozim bölgan dastlabki va kelgusi tergov harakatlari va boşqa protsessual harakatlar ketma-ketligi, jinoyatlarni tergov qilişda jinoyat işini yuritişga mas’ul bölgan mansabdor şaxslarning tergovga qadar tekşiruvni hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar bilan özaro hamkorlikni taşkil etiş, bu borada Rossiya tajribasining öziga xos jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Ma’ruzalar yakunida kursantlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati