Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Referendumda yoşlar siyosiy faolliklarini namoyon etişmoqda

30 Aprel 2023, 13:39

2001

Bugun, 30-aprel kuni Özbekiston tarixida muhim siyosiy tadbir – yangi tahrirdagi Konstitutsiya böyiça umumxalq referendumi bölib ötmoqda.

Referendumda “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ovozga qöyilgan. Aytiş joizki, uşbu jarayonga puxta tayyorgarlik körilib, qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Ötgan davr mobaynida jamoatçilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tuşdi. Uşbu takliflar asosida yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oşdi. Bir söz bilan aytganda, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Butun yurtimizda bölgani kabi poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi 100-saylov uçastkasi ham referendumga qizğin hozirlik körildi. Ovoz beruvçilarga zarur şaroitlar yaratiş maqsadida uçastka binosi milliy qonunçiligimiz talablari darajasida jihozlandi. Referendumni umume’tirof etilgan tamoyillar asosida ötkaziş uçun siyosiy partiyalar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari kuzatuvçilariga tegişli mandatlar berildi.

Nihoyat, erta tongda davlatimiz madhiyasi sadolari yangrab, referendum uçastkasi öz faoliyatini boşladi. Mamlakatimiz farovonligi yölida amalga oşirilayotgan yangilanişlarni çuqur his etgan yurtdoşlarimiz birin-ketin ovoz berişga kirişdilar. Quvonarlisi, uşbu siyosiy tadbirda yoşlar faol iştirok etib, faol fuqarolik pozitsiyalarini yuksak darajada namoyon etmoqdalar.

Ovoz beriş jarayonlari keç soat 20:00 gaça davom etadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech