Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

RAQAMLI BILIM VA TEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT KAFOLATI

9 Noyabr 2021, 22:25

3427

IIV Akademiyasida içki işlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda vazirlik sohaviy xizmatlari rahbarlari, tizim tasarrufidagi öquv muassasalari vakillari iştirok etdi.

Taraqqiyotning muhim omili sanalgan raqamli innovatsion texnologiyalar içki işlar tizimida samarali tatbiq qilinmoqda. Bundan közlangan asosiy maqsad soha faoliyatining oçiq va şaffofligini ta’minlaş, mamlakatimizda huquq-tartibotni saqlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning sifat jihatdan samarali mexanizmlarini joriy etişdir. Çunki axborot makonidagi globallaşuv jarayonlarining jadal sur’atlar bilan kuçayib borayotgani kiberolamda yangi-yangi xatar va tahdidlarning paydo bölişiga, pirovardida jamiyat barqarorligiga xavf tuğdirmoqda. 

Yiğilişda Içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Najmiddin Turaxodjaev söz olib, tizimda bu borada amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi. Aytib ötilganidek, içki işlar organlari sohaviy xizmatlari yildan-yilga innovatsion raqamli texnologiyalar bilan ta’minlab kelinmoqda. Ayni paytda xalqaro tajribaning ilğor yutuqlarini faoliyatga samarali tatbiq etiş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Öz navbatida, sohani yanada rivojlantiriş kadrlar salohiyatiga ham boğliq.    

IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov masalaning ayni jihatlariga töxtalar ekan, ta’limni raqamlaştiriş, öquv jarayoniga axborot texnologiyalari va sun’iy intellektni qöllaş orqali tizimni malakali mutaxassislar bilan ta’minlaş strategik yönalişlardan biri ekanligini ta’kidladi. 

Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda ta’limni boşqarişni avtomatlaştiriş va har tomonlama tahlil qilib boriş tizimini yaratiş, oliy ta’lim jarayonlarini boşqariş, axborot tizimini işga tuşiriş va öquv, ilmiy, moliyaviy jarayonlarni bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş, şuningdek “Dublikat” axborot tizimini işlab çiqiş kabi qator vazifalar belgilangan. 

Akademiyada ham ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviylaştirişga yönaltirilgan “Smart-Akademiya” integrallaşgan axborot-ta’lim platformasini yaratiş ustida keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Buning natijasida öqitişning ilğor yondaşuvlari tatbiq etilib, “kiberjinoyatlarga qarşi kuraş faoliyati” ixtisosligi böyiça malakali kadrlarni tayyorlaş, “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi”ni taşkil etiş, içki işlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatidagi elektron dastur va tarmoqlarni öquv tizimiga integratsiya qiliş imkoniyatini kengaytiriş rejalaştirilgan. Muhimi, bu yangilanişlar nafaqat ta’lim sifatini yuksaltirişga, balki tizimni yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlaşga ham xizmat qiladi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech