Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Prokuratura va içki işlar organlari xodimlari uçun öquv kursi

22 Iyun 2023, 17:44

2398

“Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuyidagi öquv kursi Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan taşkil etilmoqda.

Maşğulotlar Inson huquqlari Milliy markazi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda boşqa mas’ul taşkilotlarning tajribali mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Undan közlangan maqsad huquqni muhofaza qiluvçi organlarning inson huquqlarini ta’minlaş faoliyatini milliy va xalqaro standartdlar asosida takomillaştirişdir.

Öquv kursi dasturida Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya maqsadlari doirasida qiynoqqa qarşi kuraşişga qaratilgan qator dolzarb mavzular qamrab olingan. Qisqa muddatli maşğulotlar yakunida xodimlarga sertifikat beriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech