IIV Akademiyasida “Ekspert-kriminalistika faoliyati: muammolar, istiqbollar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Gibrid formatda ötkazilgan anjumanda ŞHTga a’zo mamlakatlar, şuningdek Turkiya, Janubiy Koreya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Belarus davlatlaridan soha mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, xorijiy taşkilotlarning mintaqamizdagi vakolatxonalari vakillari qatnaşdi.
IIV Akademiyasi boşliği Rustam Xatamov konferensiyaning dolzarb maqsadi va ahamiyatiga töxtalib, sud-huquq tizimini isloh qilişga qaratilgan izçil islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlaşda, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişda mustahkam poydevor bölayotganini e’tirof etdi. Ta’kidlanganidek, bugungi murakkab şaroitda şaxsning ijtimoiy xavfli qilmiş uçun aybliligini isbotlaş ekspert-kriminalistika sohasiga innovatsion yondaşuvlarni keng tatbiq qilişni taqozo etmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining “Içki işlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori tizim samaradorligini yangi bosqiçga olib çiqdi.
Işçan ruhda ötgan konferensiyada ekspert-kriminalistika sohasi oldida turgan muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari Najmiddin Turaxodjayev, Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qömitasi raisi örinbosari S. Yevmenenko, Qozoğiston Respublikasi IIV Aqtöbe yuridik instituti boşliği N. Muxametkaliyev, Rossiya Federatsiyasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi boşliği V.Kazmin, şuningdek asosiy ma’ruzaçilar doirasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston davlatlari vakillarining çiqişlari tinglandi.
Ekspert-kriminalistika sohasida xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajribalarni joriy etiş, şaxsning ijtimoiy xavfli qilmiş uçun aybliligini sudda ilmiy-texnik jihatdan asoslangan işonçli dalillar bilan isbotlaş jarayonlarini takomillaştiriş, dalillarni töplaşda zamonaviy fan va texnikaning ilğor yutuqlari, xususan, kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qöllaş, raqamli ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalaniş böyiça muhim taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
Kunning ikkinçi yarmida anjuman qatnaşçilari ekspert-kriminalistika sohasida qöllanilayotgan maxsus texnika va jihozlar, IIV Akademiyasida yölga qöyilgan zamonaviy ta’lim jarayonlari hamda öquv-laboratoriya xonalarini közdan keçirdilar. Mehmonlarga soha uçun kadrlar tayyorlaş istiqbollari va Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida iştirokçilarga sertifikat topşirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati