Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Prezident qarori amalda: barçasi yöllarda inson xavfsizligini ta’minlaş uçun

11 Mart 2023, 14:59

2422

Davlatimiz rahbari raisligida ötgan yilning 11-fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida yöllarda inson xavfsizligini ta’minlaş masalasi tanqidiy muhokama qilinib, avtomaktablarda ta’lim sifatini nazorat qiliş, haydovçilikka öqitiş samaradorligi va öqituvçilarning malakasini oşiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Bu boradagi işlarni jadallaştiriş maqsadida Prezidentimizning “Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida” (2022-yil 4-aprel) hamda Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hamda ularni imtihondan ötkaziş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari (2022-yil 20-iyul) qabul qilindi. Avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan öquv dasturlarini işlab çiqiş, öqituvçi va haydovçi-yöriqçilarni şartnoma asosida qayta tayyorlaş hamda malakasini oşiriş Içki işlar vazirligi akademiyasi tomonidan amalga oşirilişi nazarda tutildi.

Mazkur ustuvor vazifalardan kelib çiqib, ta’lim muassasasida Avtomaktablar xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazi taşkil etildi. Aytiş joizki, markaz faoliyatini samarali yölga qöyiş maqsadida ötgan davr mobaynida bir qator işlar amalga oşirildi. Tegişli vazirlik, idora va muassasalar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilib, avtomaktablarning öquv metodologiyasi, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş dasturlari milliy hamda xorijiy tajribaning ilğor jihatlari asosida yangidan işlab çiqildi. Tinglovçilarning özlaştiriş muddati öquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda yuklamalar hajmidan kelib çiqib taqsimlandi: bunda öqituvçi va haydovçi-yöriqçilarni qayta tayyorlaş uçun 72, haydovçi-yöriqçilarning malakasini oşiriş uçun 90 hamda öqituvçilarning malakasini oşiriş uçun 144 soat etib belgilandi.

Joriy yilning 6-mart kuni Akademiya bazasida poytaxtimiz va Toşkent viloyati mintaqasidagi avtomaktablarning 214 nafar öqituvçi hamda haydovçi-yöriqçi iştirokida dastlabki öquv kursi taşkil qilindi. Maşğulotlar ikkita öquv moduli doirasida “Ta’lim va yöl harakati xavfsizligi sohasidagi qonunçilik. Huquqiy javobgarlik”, “Pedagogik psixologiya, etika va madaniyat”, “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”, “Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş metodikasi”, “Pedagogik faoliyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalar”, “Yöl harakati qoidalari”, “Avtotransport vositalarini xavfsiz boşqariş va harakat xavfsizligi asoslari”, “Yöl-transport hodisalarining tahlili, kelib çiqiş sabablari va profilaktikasi”, “Haydovçi madaniyati” fanlaridan olib borilmoqda.

Öquv jarayonini samarali yondaşuvlar asosida amalga oşiriş maqsadida maşğulotlarga IIV Akademiyasi professor-öqituvçilari, şuningdek Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti, Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va boşqa yetakçi muassasalardan mahoratli ilmiy-pedagoglar jalb qilingan. Ikki haftalik maşğulotlar davomida tinglovçilardan test şaklida oraliq va yakuniy nazorat imtihonlarini qabul qilinadi hamda öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom beriladi.

Muxtasar qilib aytganda, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş sohasida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Markaz faoliyatidan közlangan maqsad ham tizimdagi islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş va eng muhimi, inson hayoti va soğliğini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilişdir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech