Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

POLITSIYA FAOLIYATINI RAQAMLAŞTIRIŞ: GLOBAL TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLDAGI REJALAR

21 Sentyabr 2022, 22:28

2526

Avval xabar qilinganidek, Bangladeş poytaxti Dakka şahrida Xalqaro politsiya akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA)ning navbatdagi XI konferensiyasi bölib ötdi. Taşkilotga a’zo ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspert va mutaxassislar iştirok etgan anjumanda dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Anjumanning oçiliş marosimida söz olganlar köp qirrali hamkorlik munosabatlarining yuqori işonç va döstlik tamoyillari asosida izçil rivojlanib borayotganini e’tirof etişdi. Ayniqsa zamonaviy tahdidlar kölami ortib borayotgan hozirgi davrda manfaatli aloqalarni kengaytiriş, yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş zarurligi alohida qayd etildi.

Konferensiya işida politsiya faoliyatini raqamlaştirişning dolzarb jihatlari, tizimda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, raqamli transformatsiya sohasida tajriba almaşinuvini kengaytiriş, bu borada istiqboldagi asosiy vazifalar qizğin muhokama qilindi. Iştirokçilar “Politsiyada ijtimoiy tarmoqlar tahlili”, “Politsiyani raqamlaştiriş va tahdidlarning oldini oliş masalalari”, “Politsiyada raqamli texnologiyalardan foydalaniş” kabi kun tartibidagi asosiy yönalişlarga bağişlangan dolzarb mavzularda ma’ruza tingladilar. Ekspertlar tomonidan bir qator taklif va taşabbuslar bildirildi.

Uç kun davom etgan anjuman doirasida hamkor ta’lim muassasalari örtasida samarali uçraşuvlar bölib ötdi. Xususan, IIV Akademiyasi vakillarining Bangladeş, Saudiya Arabistoni, Singapur, Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Qatar, Ozarbayjon va boşqa mamlakatlar turdoş oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan ötkazgan muloqotida köp qirrali hamkorlikning mustahkam formatini yaratiş, raqamli texnologiyalar böyiça ilğor yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq qiliş, innovatsion ta’lim yutuqlaridan samarali foydalaniş, umume’tirof etilgan tamoyillar ruhida amaliy sa’y-harakatlarni birlaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Konferensiya işida Xalqaro politsiya akademiyalari assotsiatsiyasi Ijroiya kengaşining yiğilişi ham ötkazildi. Taşkilotning bir yillik faoliyati sarhisob qilingan yiğilişda boşqaruv organi vakillarining yangi tarkibi saylandi. Ovoz beriş yakunlariga köra, Xalqaro politsiya akademiyalari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimigiga Yilmaz Çolak qaytadan saylangan bölsa, IIV Akademiyasi boşliği R.Xatamov Ijroiya kengaş a’zoligiga qabul qilindi. Şu tariqa, kengaşning olti nafar a’zolari safidan ilk marotaba Özbekiston Respublikasi vakili ham örin oldi.

Muxtasar qilib aytganda, yuqori işçanlik ruhida ötgan Bangladeş konferensiyasi jahondagi geosiyosiy jarayonlar avj olgan, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik singari transçegaraviy tahdidlar kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda barqaror tinçlik va hamkorlikka erişişning ustuvor rejalarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech