IIV Akademiyasida “Islohotlar davrida penitensiar tizimni innovatsion rivojlantiriş masalalari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiya avvalida ta’lim muassasasi boşliğining birinçi örinbosari Muzaffar Ziyodullayev söz olib, tizimda amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtaldi.
Sözga çiqqanlar “Jazoni ijro etiş tizimining innovatsion rivojlantiriş – zamon talabi”, “Penitensiar tizimning profilaktik faoliyatida innovatsiyaning örni”, “Mahkumlarni afv etişning qonunçilik asoslarini takomillaştiriş”, “Jazoni ijro etiş muassasalarida marketing va axborot texnologiyalarini joriy etiş: natija va istiqbollar”, “Jazoni ijro etiş joylarida mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaş yuzasidan nazorat”, “Içki işlar organlari penitensiar tizimida innovatsiya texnologiyalarini qöllaş masalalari” mavzularida ma’ruza qilişdi.
– Ötgan davr mobaynida penitensiar tizimni tubdan isloh qiliş va xalqaro standartlarga moslaştiriş maqsadida izçil çora-tadbirlar amalga oşirildi, – deydi Akademiyaning Jazoni ijro etiş faoliyati kafedrasi boşliği, polkovnik Abdukarim Şodiyev. – Aytiş joizki, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunçiligini takomillaştiriş sud-huquq tizimini isloh qilişning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislari iştirokida ötkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman ayni şu masalalarning yeçimiga ham xizmat qiladi.
Mutasaddi organlar vakillari, soha mutaxassislari, ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari xodimlari iştirok etgan anjumanda tizim faoliyati samaradorligiga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati