Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada rivojlantiriş hamda uşbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yönalişlarini belgilaş maqsadida Özbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligi konsepsiyasi hamda 2022-2025-yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasi izçil amalga oşirilmoqda.
IIV Akademiyasida Içki işlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi tomonidan ötkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi: natija va istiqbol” mavzusiga bağişlandi. Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar vazirliklari, Milliy gvardiya, IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi hamda “Xavfsiz şahar” jamoat tartibiga kömaklaşiş markazi, şuningdek qator oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etgan anjumanni IIV Akademiyasi boşliğining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça örinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov oçdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati F. Aşmatov “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlaşning bugungi holati va istiqbollari”, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği örinbosari – Jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliği, podpolkovnik Ş. Ibragimov “Jamoat xavfsizligini ta’minlaş faoliyatini “Xalq manfaatlariga xizmat qiliş” tamoyili asosida taşkil etişning samaradorligi”, Jamoat xavfsizligi universiteti katta öqituvçisi U. Sunnatov “Jamoat xavfsizligini ta’minlaşda Milliy gvardiya bölinmalarining içki işlar organlari bilan hamkorligi: bugungi holati va istiqbollari”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi dotsenti B. Akramxodjayev “Jamoat xavfsizligini ta’minlovçi subyektlarning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilişda özaro hamkorligi, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik S. Şaripov “Jamoat xavfsizligini ta’minlaş faoliyatini yagona boşqaruv tamoyili asosida taşkil etiş: bugungi holati va istiqbollar”, IIV “Xavfsiz şahar” jamoat tartibiga kömaklaşiş markazi direktorining birinçi örinbosari U. Kulanov “Xavfsiz şahar” kompleksini respublikamizda joriy etiş: zarurati va istiqbollari”, Jamoat xavfsizligi universiteti professori I. Ismailov “Jamoat xavfsizligini ta’minlaşni takomillaştiriş istiqbollari” mavzuida ma’ruza qildi.
Soha vakillari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida bir qator taklif hamda tavsiyalar işlab çiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati