Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“ÖZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” ESDALIK NIŞONLARI TOPŞIRILDI

7 Dekabr 2022, 20:20

1965

Bundan öttiz yil muqaddam Boş qomusimizning qabul qilingani xalqimiz hayotida ulkan voqea sifatida muhrlandi. Ötgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan ustuvor maqsad va tamoyillar asosida tarixiy taraqqiyot yölini bosib ötdik.

Içki işlar vazirligi akademiyasida Asosiy qonunimiz qabul qilinganining öttiz yilligi munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi. Öquv dargohi professor-öqituvçilari, soha faxriylari, xodim va kursantlar iştirok etgan tadbir jonajon Vatanimizning boş qöşiği – Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boşlandi.

Akademiya rahbari, polkovnik Rustam Xatamov söz olib, yiğilganlarni ğurur va iftixor ramzi bölgan şonli sana bilan muborakbod etdi.

– Boş qomusimiz tufayli xalqimizning asriy orzu-intilişlari röyobga çiqdi, jamiyatning huquqiy asoslari mustahkamlandi, mustaqil Özbekistonning jahon hamjamiyatidagi örni va nufuzi yuksaldi. Mustaqillik yillarida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, oliyjanob xalqimiz erişgan mislsiz yutuqlarga nazar solsak, buning fundamental asosi va huquqiy negizini Asosiy qomusimiz taşkil etganini köriş mumkin. Bugun Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida xalqimizning taklif va fikrlari asosida Boş qomusimiz yanada takomillaştirilmoqda. Bu yangilanişlar jamiyatda inson omilini yanada yuksak darajada qadrlaşga xizmat qiladi, albatta, – dedi Akademiya rahbari.

Tadbirda Asosiy qonunimizning hayotbaxş qudrati va ahamiyati e’tirof qilindi. Milliy rivojlanişimizning yangi bosqiçida çinakam xalq Konstitutsiyasini yaratiş yölidagi islohotlar, pirovard natijada, Yangi Özbekistonni har jabhada ravnaq toptirişga xizmat qilişi alohida ta’kidlandi.

Şundan söng Prezidentimizning “Özbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nişonini ta’sis etiş töğrisida”gi farmoniga asosan bir guruh xodimlarga esdalik nişonlari tantanali ravişda topşirildi.

Tadbirning badiiy qismi Akademiya havaskorlik jamoalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech