Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ogohlik – bugunning dolzarb talabi

05 Aprel 2024, 09:04

775

Poytaxtimizning Olmazor tumani aholisi o‘rtasida profilaktik xususiyatga ega huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuvlar tuman hokimligi, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Sektorlar kesimida o‘tkazilgan tadbirlarga mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalaridan aholining barcha qatlami vakillari, shu jumladan, uyushmagan yoshlar keng jalb qilindi.

Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan mintaqaviy xavf-xatarlar, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlari, global axborot makonidagi yot g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri, radikallashuvning oldini olish kabi masalalar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolarning jamiyat hayotidagi daxldorligini, huquqiy ongi va madaniyatini, milliy ma’naviyatimizga ta’sir ko‘rsatayotgan illatlarga qarshi kurashish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar o‘qildi.

Aytish joizki, bunday tadbirlar mintaqamiz va dunyoning ayrim hududlarida ro‘y berayotgan hodisalar fonida aholini ogohlikka chorlash, jamiyatimizda hukm surayotgan osoyishta muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech