IIV Akademiyasi ishchi guruhi a’zolari Kegayli tumanining “Nurli bo‘ston” mahallasida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishmoqda.
Aholi bilan muloqotlar chog‘ida muammolar tinglanib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar atroflicha muhokama qilinyapti. Bu borada sektor vakillari, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla faollari ham yaqindan ko‘mak berishmoqda.
Aytish joizki, o‘tgan yil davomida umumiy jinoyatchilik ko‘rsatkichi oldingi yilga nisbatan biroz ortgani sabab, mahalla kriminogen vaziyati murakkab hududda qolgan. Shu bois, mahalla faollari, xotin-qizlar, ijtimoiy-ma’naviy va huquq-tartibot masalalariga mas’ul vakillar bilan birgalikda “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning “fuqarobay” ishlash metodikasi”ni samarali qo‘llash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinmoqda.
Ishchi guruhi vakillarining ta’kidlashicha, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan, shuningdek profilaktik hisobda turuvchi shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy-ijtimoiy ko‘mak berish, alohining huquqiy savodxonligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilyapti.
Shu kunlarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati