Söngi yillarda IIV Akademiyasida ta’lim tizimiga mutlaqo yangiça tizim asnosida yondaşilmoqda. Kursantlarning olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlaş borasida nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
19-iyul kunidan Toşkent şahar IIBBda IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 1-öquv kursi kursantlari uçun öquv-tanişuv hamda 2-öquv kursi kursantlari uçun iş örganiş amaliyoti boşlandi.
Öquv-tanişuv va iş örganiş amaliyoti Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi “Içki işlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovçilarining içki işlar organlarida amaliyotlarini taşkil etiş töğrisida”gi 312-son buyruğiga asosan Içki işlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bölinmalarida “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Ekspert-kriminalistika faoliyati”, “Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlaş faoliyati”, “Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş faoliyati”, “Jinoiy jazolarni ijro etiş faoliyati” mutaxassisliklari böyiça ötkaziladi.
Amaliyot oldidan mas’ul rahbarlar iştirokida, ta’lim muassasasining 1 va 2-öquv kursi kursantlari hamda ularning ota-onalari bilan uçraşuv taşkil etildi.
Yiğilişda kursantlar tomonidan amaliyot davrida qonunçilik va xizmat intizomga qat’iy rioya etişlari, tartib intizomni mustahkamlaşda ota-onalarning ham mas’uliyatli bölişlari yuzasidan söz yuritildi.
Şundan söng öqiş davomida fanlarni “a’lo” baholarga özlaştirganligi, jamoat işlarida faol iştiroki hamda tartib-intizomi va namunali xulqi bilan safdoşlariga örnak bölib kelayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalariga Akademiya rahbariyatining “Minnatdorçilik xati” topşirildi.
Tadbir söngida kursantlar biriktirilgan murabbiylar bilan amaliyot ötaşlari uçun joylarga tarqatildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati