Poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyida turli davrlarga oid 7 mingdan ziyod eksponat bor. Ularni tomoşa qilganingiz sari, ixtirolar olamiga sayohat qilganday bölasiz.
IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan işlaş fakulteti kursantlari uşbu maskanga ekskursiya qilişdi.
Tanişuv davomida yoşlarga muzeyda saqlanayotgan aşyolar, ularning tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda kommunikasiya sohasining şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlari haqida ma’lumot berildi.
– Bu yerga kelişdan avval bunçalik maroqli taassurot olaman deb öylamagandim. Muzeydagi eksponatlar çindan ham diqqatga sazovor. Zamonaviy texnologiyalar asrida ularni tomoşa qiliş har qandan kişiga zavq bağişlaydi, – deydi tojikistonlik kursant Muhammadamin Hikmatullozoda.
Ekskursiya inson tafakkurining mahsuli sifatida yaralgan ixtirolarning jamiyat taraqqiyotiga neçoğliq xizmat qilayotgani haqida keng tasavvur qiliş imkonini berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati