IIV Akademiyasining Taşkiliy-ştab faoliyati kafedrasi tomonidan ötkazilgan davra suhbatida murojaatlar bilan işlaşning hozirgi holati tahlil qilindi.
Tadbirda kafedra boşliği O.Matçonov, Akademiya boşliği yordamçisi I.Himmatov söz olib, mazkur tizimning huquqiy asoslari, içki işlar organlarining jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş faoliyati, murojaatlarni hal etişda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaş masalalari haqida öz mulohazalarini bayon etdilar.
Muloqot davomida içki işlar organlariga jinoyat yuzasidan kelib tuşgan murojaatlarni hal etiş tartibi, bu borada amaliyotda yölga qöyilgan samarali tizimlar va amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar ta’kidlab ötildi. Kafedra qoşidagi “Yoş tahlilçilar” iqtidorli kursantlarga murojaatlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tuşuntirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati