27-yanvar kuni IIV Akademiyasi hamda Koreya milliy politsiya universiteti o‘rtasida onlayn vidoemuloqot tashkil qilindi. Unda tomonlar hamkorlik memorandumi asosida rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikalari ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy ta’limning ilg‘or yondashuvlarini keng tatbiq etish borasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Global pandemiya sharoitiga qaramasdan, ikki tomonlama kelishuv doirasida dolzarb ahamiyatga molik uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqboldagi vazifalar yuzasidan aniq qadamlar tashlandi.
Videomuloqot chog‘ida soha uchun kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Akademiya tinglovchi va kursantlarini zamonaviy tahdid hamda xatarlarga qarshi o‘qitish, Koreya tajribasining o‘ziga xos jihatlarini ommalashtirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tomonlar onlayn muloqotlar keng ko‘lamli sheriklik aloqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishini mamnuniyat bilan e’tirof etdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati