Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muammolar hamjihatlikda hal etilmoqda

03 Fevral 2022, 09:02

1347

Aholi muammolarini o‘rganishning “fuqarobay” yondashuvi hududlarni kompleks rivojlantirish, yechimini kutayotgan ko‘plab masalalarni hamjihatlikda hal etish imkonini bermoqda.

Yangi Namangan tumanining “Guliston” mahallasi jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha “sariq” toifadagi hududga kiritilgan. O‘tgan yil davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha bu yerda bir qator ishlar qilindi. Profilaktik chora-tadbirlarning tizimli tashkil qilingani natijasida, ahvol sezilarli darajada o‘zgarib, jinoyatning ayrim turlari kamaydi, shuningdek firibgarlik, talonchilik, bezorilik kabi holatlar umuman qayd etilmadi.

Yaqinda IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan mazkur mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ilmiy yondashuv asosida o‘rganildi. Hududlarda sodir etilgan har bir jinoyatning sabab va shart-sharoitlari mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida joyiga chiqilgan holda muhokama qilindi. Sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish orqali aholi bandligini oshirish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aytish joizki, bundan bir yil oldin IIV Akademiyasi tomonidan “Guliston” mahallasi misolida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning “fuqarobay” ishlash metodikasi yaratilgan edi. Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur metodikani faoliyatga keng tatbiq etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, mahallada olib borilayotgan profilaktik ishlar bir zum bo‘lsa-da to‘xtab qolgani yo‘q. Bu sa’y-harakatlar esa mahalla ahlining farovon hayotini ta’minlashi shubhasiz.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech