IIV akademiyasida BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi huzuridagi Aksilterror markazi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tadbir ötkazildi.
“Inson huquqlarini himoya qilgan holda terrorizm maqsadlarida yangi texnologiyalardan foydalanişga qarşi kuraşiş böyiça milliy aksilterror siyosati va tezkor javob çoralarini işlab çiqiş” mavzuiga bağişlangan tadbir Yevropa Ittifoqi kömagi bilan BMTning Kiberxavfsizlik va yangi texnologiyalar böyiça global dasturi doirasida taşkil qilindi.
Unda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, şuningdek, tegişli vazirlik hamda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari iştirok etdi. BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi huzuridagi Aksilterror markazi tomonidan “Özbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiliş organlarining terrorizmga qarşi kuraşda yangi texnologiyalarni qöllaş imkoniyatlari töğrisida”gi hisoboti taqdim etildi.
Terrorçilar buzğunçi rejalarini amalga oşiriş uçun yangi texnologiya va innovatsiyalardan tobora köproq foydalanayotgani, mazkur tadbirdan közlangan asosiy maqsad huquqni muhofaza qiluvçi organlarning bu boradagi salohiyatini rivojlantiriş ekanligi ta’kidlandi. Şuningdek, tadbirda terrorizmga qarşi kuraş borasidagi xalqaro va mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlaştirişda hamkorlikni mustahkamlaş, uşbu murakkab jarayonlarda inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlaş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati