Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi” mavzusida master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Master-klass mashg‘ulotini o‘tkazishdan maqsad ta’lim muassasasining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yuksaltirish, davlat granti asosida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarni shakllantirish, innovatsiya sohasidagi ilg‘or tajribalar amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Ixtisoslashgan va umumta’lim kafedralari professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etgan mashg‘ulotda ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishga oid yangi mexanizmning afzalliklari, istiqbolda ko‘zlangan natijalar, mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati