Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mashg‘ulotlar qiziqarli o‘tdi

22 Aprel 2022, 06:04

1317

IIV Akademiyasi o‘qituvchilarining Koreya milliy politsiyasi universitetiga safari qiziqarli mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tmoqda.

Universitetning Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish markazida tashkil etilgan galdagi mashg‘ulotda terrorizmga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, terrorchilik harakatlarining oldini olish va jinoyatchilarni zararlantirish usullari, maxsus amaliyot paytida dron qurilmalardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Vakillarimiz markaz faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek xalqaro hamkorlik aloqalarining muhim jihatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shu kunning o‘zida universitetga nomzodlarni qabul qilish, imtihon va sinov jarayonlari tartibi, koreyalik va xorijlik talabalar uchun yaratilgan imtiyozlar taqdimoti ham o‘tkazildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech