1–3-fevral kunlari IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan navbatdagi seminar-trening ötkazildi.
“Markaziy Osiyoda zöravonlik ekstremizmining oldini oliş” dasturi doirasida taşkil etilgan maşğulotlarda IIV sohaviy xizmatlari vakillari, Malaka oşiriş instituti va Akademiya professor-öqituvçilari iştirok etdi.
Xalqaro mutaxassislar tomonidan “Özbekistonda bolalarga nisbatan odil sudlovni qayta tiklaş”, “Bolalarga nisbatan sodir etiladigan zöravonlik ekstremizmi” singari mavzular atrofliça yoritilib, ilğor tajribalar almaşildi.
Şuningdek maşğulot doirasida qizğin fikr almaşilib, munozarali savollar yuzasidan iştirokçilarning mulohazalari tinglandi. Yakunda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Özbekistondagi vakolatxonasi vakillari iştirokida sertifikatlar topşirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati