Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Manfaatli hamkorlik yo‘lida

19 Fevral 2022, 09:02

1258

O‘zbekiston – AQSh munosabatlarida ko‘p qirrali hamkorlik, hurmat va ishonch tamoyillari ustuvorlik kasb etadi. O‘zaro aloqalarning barqaror rivojlanayotgani ta’lim sohasida ham manfaali kelishuvlarga yo‘l ochmoqda.

IIV Akademiyasi va AQSh Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida tashkil qilingan onlayn videomuloqotda hamkorlik munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar strategik yo‘nalishlarda izchil davom etayotgani, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar ikki tomon manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi. Xususan, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, zamonaviy tahdidlarning oldini olish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar ta’lim sohasida tajriba almashinuvini kengaytirish, IIV Akademiyasi va AQSh Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, kelishuv doirasida malakali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishga qaratilgan maxsus kurslar tashkil etish, mudofaa universiteti qoshidagi NESA o‘quv markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokara yakunida o‘zaro tajriba almashinuvini yanada kuchaytirish ta’lim sohasidagi sheriklikni yangi bosqchiga olib chiqishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech