Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy bilim – hamisha muhim

01 Fevral 2022, 08:02

5137

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlarining siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.   

Sinovlar Ichki ishlar vazirining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti mas’ullari tomonidan shaxsiy tarkibning ma’rifat soatlaridagi ishtiroki, o‘tkazilgan mavzularni qay darajada o‘zlashtirgani, siyosiy-huquqiy jihatdan yetukligi, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, tavsiya etilgan adabiyotlarni mutolaa qilgani belgilangan me’yorlar asosida baholanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar soha xodimlarini kasbiy jihatdan yuksaltirish, ularning ona Vatanimizga muhabbat va xizmat burchiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish hamda xodimlar ongiga xalq manfaatlariga vijdonan hamda sidqidildan xizmat qilish – oliy va sharafli burch ekanligini chuqur singdirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech