Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“MAHALLA PROFILAKTIKASI” HUDUDIY TAJRIBASI YARATILADI

12 Iyun 2022, 07:12

2512

Jinoyat yoki huquqbuzarlik öz-özidan sodir etilmaydi. Uning tag-zamirida qandaydir omillar böladi. Hududlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarda uşbu illatlarning sabablarini örganiş, bunga imkon berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş faoliyat samaradorligini oşiradi.

Şu kunlarda Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruhlar poytaxtimiz tumanlarida bölib, “mahalla profilaktikasi” hududiy tajribasini yaratiş böyiça içki işlar organlariga ilmiy va metodik yordam körsatişmoqda.

Işçi guruh zimmasiga kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda köp sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablarini örganiş, ularning oldini oliş böyiça ilmiy asoslantirilgan xulosalar tayyorlaş, aholi va yoşlar örtasida huquqiy tarğibot tadbirlarini ötkaziş, kriminogen holati ijobiy tomonga özgarmayotgan mahallalardagi ijtimoiy-maişiy muammolar, jinoyatçilikni keltirib çiqarayotgan omillarni manzilli tadqiq qiliş, “fuqarobay” işlaş böyiça işlarni jadallaştiriş, bu borada mahalla fuqarolar yiğini raisi, hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi va profilaktika inspektorining hamkorligini mustahkamlaş kabi yönalişlarda aniq vazifalar yuklatilgan.

Bundan taşqari, hududlar muammolarini örganiş jarayonida ta’lim muassasasi professor-öqituvçilari tomonidan “Örikzor” mahallasi misolida yaratilgan “fuqarobay” işlaş metodikasini amaliyotga keng joriy etiş hamda joylarda tarğibot uçraşuvlarini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech