Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistrlar xorij tajribasini o‘rgandi

20 May 2024, 10:05

715

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytdi.

O‘quv kurslari O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan mustahkam aloqalar doirasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlar mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri sanalgan Jamoat xavfsizligi universiteti mutaxassislari tomonidan olib borildi. Interfaol tarzda o‘tkazilgan o‘quv kurslarida tinglovchilar Xitoy politsiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash sohasiga tatbiq qilingan innovatsion yondashuvlar, politsiya tuzilmalari faoliyatini boshqarish, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, O‘zbekiston va Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik kabi yo‘nalishlarda ma’ruza tinglab, o‘zaro fikr almashdilar.

Bundan tashqari, magistrlarimiz uchun Pekin shahridagi politsiya tuzilmalari faoliyati bilan tanishish, “CIPATE-2024” maxsus texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

O‘quv kursi yakunlari munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori sao Shitsyuan ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida e’tirof etib, sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech