Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Magistratura tinglovçilarining zamonaviy rahbarlik könikmalarini şakllantiriş yölida

1 Iyun 2022, 19:25

3514

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori bilan Içki işlar vazirligi Akademiyasida taşkil etilgan magistraturada zamon talablariga javob beradigan yuqori salohiyatga ega, faoliyatni taşkiliy-taktik va strategik jihatdan boşqarişga qodir rahbar kadrlarni tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Akademiya rahbariyatining taşabbusi bilan magistratura tinglovçilarida içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşirişga qaratilgan boşqaruv va axborot-tahlil işlarini taşkil etiş qobiliyatini rivojlantiriş, ularning boşqaruvga doir yuksak kasbiy mahorati hamda intellektual salohiyatini yana-da oşiriş maqsadida, joriy yilning 30-may kunidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi professor-öqituvçilari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan “Zamonaviy rahbarlik va boşqaruv mahorati” nomli qisqa muddatli öquv kursi dasturi böyiça şartnoma asosida öquv maşğulotlari boşlandi.

Öquv kursi bir haftaga möljallangan dastur asosida taşkil etilib, unda rahbarning boşqaruv könikmalarini rivojlantiriş, tanqidiy tahlil va qarorlar qabul qiliş, ijro samaradorligini oşiriş, hududlarning rivojlanişini boşqariş, rahbar axloqi va madaniyati, rahbar va taşkilot imijini şakllantiriş, jamoada işlaş samaradorligini oşiriş, stressga bardoşlilikni şakllantiriş, xodimlarni motivatsiyalaş tizimini şakllantiriş, mediasavodxonlik (jurnalist va blogerlar bilan işlaşning öziga xos xususiyatlari), rahbarning emotsional va sotsial intellekti mavzulari böyiça maʼruza maşğulotlari hamda treninglar ötkazilişi rejalaştirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech