Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahallang tinch – sen tinch

07 Aprel 2022, 10:04

1286

Muhtaram Prezidentimiz “mahalla tinch bo‘lsa – butun yurtimiz tinch bo‘ladi”, deya alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bois, mahallalarda aholining yashash sharoitini yaxshilash, muammolarini ijobiy hal etish barcha darajadagi rahbar va mutasaddilar uchun faoliyat mezoniga aylanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ishchi guruhi poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” mahallasida bo‘lib, jinoyatlikka sabab bo‘layotgan omillarni o‘rgandi. Aytish kerakki, o‘tgan yil davomida ayrim turdagi jinoyatlarning oshgani tufayli mahalla “qizil” toifadagi hududga kiritilgan edi. Ishchi guruhi vakillari profilaktika inspektorlari va faollar hamrohligida joylarga chiqib, mavjud ahvolni atroflicha muhokama qilishdi.   

Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi ta’sirchanligini oshirish, “O‘rikzor” mahallasi misolida tayyorlangan “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning “fuqarobay” ishlash metodikasi”ni amaliyotga samarali tatbiq etish, bu borada o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xizmat safari davomida Uchtepa tumanining kriminogen vaziyati ham o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mavjud 60 ta mahallaning 21 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan, 24 ta mahallada esa jinoyatchilik miqdori kamaygan. Tuman ichki ishlar organlari mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, astoydil xizmat qilib ijobiy natijalarga erishayotgan profilaktika inspektorlarining ish tajribasini ommalalashtirish borasida fikr almashildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech