Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz hisobida navbatdagi medallar

28 Mart 2022, 11:03

1222

24–27-mart kunlari poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida ushu bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan 600 nafarga yaqin mahoratli sportchi qatnashdi.

Ushu sandaning qizlar o‘rtasida kechgan bahslarida IIV Akademiyasi vakillari bittadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Terma jamoamiz murabbiyi, katta leytenant Muxtor Yetmishboyev shogirdlaridan Ulmiken Uzakbergenova (60 kg vazn) faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir mahoratli sportchimiz Matluba Xoldorova (60 kg vazn) O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bahslar yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech