Bojxona institutida “Foreign language in professional activity” mavzuida intellektual ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasalari yoshlarining bilim salohiyatini yuksaltirish, xorijiy tillarda erkin muloqot qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish, har tomonlama barkamol avlodni kamol toptirish ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Bellashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, Bojxona instituti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlaridan iborat uchta jamoa qatnashdi. Dastlabki shart “tanishuv” deb nomlangan bo‘lsa, ikkinchi shartda har bir ishtirokchining intellektual salohiyati sinovdan o‘tkazildi. Hal qiluvchi uchinchi shartda esa yoshlar erkin mavzuda motivatsion nutq yordamida xorijiy tillarni bilish darajalarini namoyon etib berdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan IIV Akademiyasi kursantlari “Eng aqlli jamoa”, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari “Eng kreativ jamoa”, Bojxona instituti vakillari “Eng faol jamoa” sifatida e’tirof etildi. Iqtidorli kursantimiz Faxriddin Umarovga esa “Eng faol ishtirokchi” diplomi topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati