Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar “Zakovat”da bellashdi

16 Aprel 2022, 09:04

1246

Ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida Akademiya kursantlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Yoshlarning bilim salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan o‘yinda kunduzgi ta’lim kursantlaridan iborat jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa saralashida 6 tadan savol o‘ynaldi va umumiy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ballarni qo‘lga kiritgan ikki jamoa finalga chiqdi. Hal qiluvchi bosqichda ishtiroklar hakamlar hay’ati tomonidan yo‘llangan 12 ta savolga to‘g‘ri va aniq javob topishga harakat qilishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 9 ball to‘plagan 2-o‘quv kursining 4-otryadi kursantlari “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib bo‘ldi. Jamoa ishtirokchilarini “Ma’naviyat oyligi” so‘nggida taqdirlash rejalashtirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech