Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar faol ishtirok etdi

27 Dekabr 2022, 10:12

1291

26-27-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda onlayn mahorat dasrlari o‘tkazildi.

Dastlab Ufa yuridik instituti dotsenti Nikolay Kiselyov “Tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasi va mohiyati” mavzuiga to‘xtalib, mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar bilan muloqot qildi.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi kuni elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar, ushbu jinoiy qilmishlarni tergov qilish paytida olingan obyektlarning operativ xotirasini instrumental o‘rganish xususiyatlari tahlil qilindi. Mahorat mashg‘ulotini Sankt-Peterburg universiteti boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Jidkov olib bordi. Onlayn tarzda bildirilgan mulohazalar kursantlarda ma’lum ko‘nikmalarni hosil qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech