Joriy yilning 15-18-fevral kunlari Samarqand shahri armrestling bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki yuz nafardan ortiq o‘g‘il-qiz o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi. Ishtirokchilar sovrinli o‘rinlar bilan bir qatorda, qit’a chempionati uchun beriladigan yo‘llanma uchun kurash olib bordilar.
65 kg. vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi bahslarda IIV Akademiyasi kursanti Alisher Tojiyev eng yaxshi natijani qayd etgan holda musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Tajribali murabbiyi qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan umidli vakilimiz endi shu yilning aprel oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Turizm va sport vazirligi hamda tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati