Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning vazifasi

14 Aprel 2022, 10:04

1720

Yurtimizdagi izchil islohotlar inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Jamiyatning barcha soha va tarmoqlarini yanada ravnaq toptirish korrupsiya balosiga qarshi murosasiz kurashishni taqozo etadi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari, partiya faollari, shuningdek Akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

Soha mutaxassislari korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida ushbu faoliyatda erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish borasida mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, ma’ruzachilarning “Davlat xizmatida xalollik standartini joriy etish”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish chora-tadbirlari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining roli”, “Korrupsiya – milliy davlat suverenitetiga tahdid” kabi mavzulardagi chiqishlari tinglandi.

Shu kuni korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashayotgan bir guruh yoshlar partiya siyosiy kengashining tomonidan rag‘batlantirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech