Kriminalistik ekspertizalarning imkoniyatlari yildan-yilga kengaymoqda. Sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar jinoyatlarning “issiq izi”dan fosh etish imkonini berishi tabiiy.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazma Akademiya kursantlarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Ko‘rgazmada kriminalistik ekspertiza va tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida foydalanadigan texnik vositalar, asbob va uskunalar namoyish etildi.
Malakali mutaxassislar tomonidan qalbaki hujjatlar, qo‘lbola o‘q-dori va qurol-yarog‘lar, portlovchi qurilmalar, pirotexnika vositalari hamda giyohvandlik moddalarini ekspertizadan o‘tkazish usullari, zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari tushuntirib berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati