Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHLOTLAR – INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILADI

26 Iyun 2022, 19:25

3064

Içki işlar vazirligi akademiyasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga taklif etilayotgan özgartiriş va qöşimçalarning mazmun-mohiyatiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Tadbirni ta’lim muassasasi boşliği Rustam Xatamov oçib, Asosiy qonunimiz mamlakatni har tomonlama isloh etiş, fuqarolarimizning tinç-osoyişta hayotini ta’minlaş, jamiyatda huquqiy tafakkur va madaniyatni yuksaltirişning mustahkam poydevori ekani, konstitutsiyaviy islohotlar taraqqiyotimizning yangi davrini boşlab berişini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan tamoyil yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning boş maqsadiga aylandi. Xalqimizni rozi qiliş, tuşmuş farovonligini yuksaltiriş, farovon kelagajagini ta’minlaşga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar jamiyatda inson qadrini uluğlaşga xizmat qilmoqda. Bugun mamlakatimiz va xalqimiz hayotida röy berayotgan muhim konstitutsiyaviy yangilanişlar ham qator ijobiy jihatlari bilan beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

Aytib ötilganidek, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Asosiy qonunimizni takomillaştiriş yuzasidan keng qamrovli işlar amalga oşirildi. Komissiya faoliyatiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegişli vazirlik va idoralar mutaxassislari, soha ekspertlari keng jalb qilindi, rivojlangan davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasi çuqur va har tomonlama örganildi. Aholi fikrlari va takliflarini uzviy, öz vaqtida qabul qiliş, umumlaştirişning aniq mexanizmlari joriy etildi. Fuqarolardan kelgan takliflar hamda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va ğoyalar “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida öz aksini topdi.

Tadbirda söz olganlar mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlar, xususan, Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga ötiş jarayonlari, Boş qomusimizni “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida takomillaştirişning hayotiy zarurati va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi, endilikda mazkur qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qöyilişi ma’lumot sifatida aytib ötildi. Ta’kidlanişiça, konstitutsiyaviy qonun loyihasi Boş qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq özgartişlar kiritişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech