Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kitobxon yoshlar safi ko‘paymoqda

23 Aprel 2022, 10:04

1472

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim kursantlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tanlovning saralash bosqichida kursantlar faol ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati a’zolari ichki ishlar organi xodimlari uchun tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyot mutolaasi bo‘yicha kursantlar bilimini baholab bordilar. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar kursant saralab olindi.

Tanlov yakunida eng faol kitobxonlardan 2-bosqich kursanti J.Xolboyev 1-o‘rinni, 1-bosqich kursanti A.Malikov 2-o‘rinni hamda 1-bosqich kursanti A.Pardayev 3-o‘rinni egalladi. So‘z olganlar davlatimiz tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida to‘xtalib, kitob o‘qishning foydali jihatlarini targ‘ib qildilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech