IIV Akademiyasida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori doirasida tashkil qilindi.
Yarmarka ishida “G‘afur G‘ulom”, “Adolat”, “Yuridik adabiyotlar Publish” va boshqa taniqli nashriyotlarda chop etilgan badiiy, ilmiy hamda jahon adabiyoti namunalari sotuvga qo‘yildi. Kitoblar orasida ichki ishlar organlari xodimlarining o‘qishi uchun tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyotning o‘rin olgani kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Axborot-resurs markazi xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, yarmarka davomida salkam mingga yaqin turli mazmundagi adabiyotlar xarid qilingan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati