Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kitob – ma’naviyat sarchashmasi

21 Aprel 2022, 10:04

1165

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Gazeta va kitob qarindosh” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Xalqimizning boy merosida kitob o‘qishning foydali xususiyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar ko‘p. Muntazam mutolaa bilan shug‘ullanib turuvchi insonning salomatligi bardam, fikri teran, xotirasi mustahkam bo‘lishi aksariyatimizga ayon. Ammo kitob bilan oshno tutinishning eng muhim jihati bor. U ham bo‘lsa, kishini ma’naviy komillikka, go‘zal xulq-atvor va fazilatlar sohibi bo‘lishga undashidir.

Bugun jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilib, yoshlarning kitob o‘qishi, boy tariximiz, ilmiy-adabiy merosimizni chuqur o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Milliy ma’naviyatimizga yot illatlar ta’siri avj olayotgan hozirgi sharoitda kitobsevar yoshlar safining ko‘payishi jamiyatimizda kechayotgan yangilanishlarga mustahkam qanot bag‘ishlashi, shubhasiz.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur, taniqli yozuvchi Nurilla Chori so‘z olib, axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda kitob o‘qishning bebaho ahamiyati, insonning shaxs sifatida shakllanishi, ma’naviy quvvat olishi, hayotda munosib o‘rin topishida mutolaa madaniyatining o‘rni haqida qimmatli fikrlarini aytib o‘tishdi. Mehmonlar o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarida ilgari surilgan umumbashariy g‘oyalar haqida to‘xtalib, kursantlarni kitobxonlikka da’vat etdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech