Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kichik final”: mashg‘ulotlar davom etmoqda

04 Yanvar 2024, 09:01

531

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilayotgan “Kichik final” komleks o‘quv mashg‘ulotlari kursantlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

 Aytish joizki, mashg‘ulotlarga kunduzgi ta’limning tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, ekspert-kriminalistika, xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash, jazoni ijro etish va tashkiliy-shtab faoliyatlari bo‘yicha tashkil etilgan ixtisoslik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan barcha kursantlar jalb qilingan.

Kuni kecha 2-o‘quv kursi bilan tashkil etilgan kompleks mashg‘ulotlar yakunlandi. Bir hafta davomida kursantlar o‘z ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar. Mutaxassislik kafedralari tomonidan ishlab chiqilgan topshiriqlarning qay tartibda bajarilishi, mavzu doirasida amalga oshirilgan protsessual harakatlar professor-o‘qituvchilar hamda tajribali amaliyot xodimlari tomonidan baholab borildi. Mashg‘ulotlar yakunida yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, yoshlarga zarur tavsiyalar berildi.

Ayni paytda “Kichik final” komleks o‘quv mashg‘ulotlari bitiruvchi bosqich kursantlari bilan qizg‘in davom ettirilmoqda. O‘quv jarayoniga tatbiq qilingan bu kabi mexanizmlar ta’lim sifatini yanada oshirishga, kursantlarning kelgusi faoliyati uchun asqotadigan foydali ko‘nikmalar hosil qilishiga, eng muhimi,  soha uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech