Axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sayin kiberjinoyatlar salmoği ham oşib bormoqda. Bu esa internet tarmoği bilan boğliq huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarşi kuraşişning samarali mexanizmlarini taqozo etadi.
Içki işlar vazirligi akademiyasida internetda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va kiberxavfsizlikni ta’minlaşning dolzarb masalalariga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi. Unda qator vazirlik, idora va taşkilotlar mutasaddilari, IT böyiça mutaxassislar, respublikamizning yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan olim va tadqiqotçilar, yoşlar qatlami vakillari, şuningdek OAV xodimlari iştirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyani Akademiya boşliğining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça örinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov kiriş sözi bilan oçib, kiber makonda yuzaga kelayotgan tahdidlarning oldini olişda soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalarga töxtalib ötdi. Şundan söng ma’ruzaçilarning “Kiberjinoyatçilik profilaktikasida intellektual-zamonaviy mexanizmlar”, “Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligining öziga xos xususiyatlari”, “Internet tarmoği orqali yoşlar ongiga xavf solayotgan axborot xurujlarining oldini oliş”, “Içki işlar organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillaştiriş” va boşqa mavzudagi çiqişlari tinglandi.
Soha vakillari global taraqqiyot davrida kiberxavfsizlikni ta’minlaş, internet tarmoği orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, mazkur soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş, jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş masalalari yuzasidan fikr almaşib, mavjud muammolarning yeçimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalarini bildirişdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati