IIV Akademiyasida kiber jinoyatçilikka qarşi kuraşişni huquqiy ta’minlaş masalalariga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti, IIV Kiberxavfsizlik markazi, Tergov departamenti, Toşkent davlat yuridik universiteti, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi vakillari iştirokida ötkazilgan anjumanda dolzarb ahamiyatga molik fikr-mulohazalar bildirildi.
Soha vakillari kiber jinoyatlarga qarşi kuraşişni huquqiy ta’minlaşda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarga e’tibor qaratişdi. Ta’kidlab ötilganidek, raqamli texnologiyalar imkoniyatlarining kengayib borayotgani natijasida virtual makonda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortib bormoqda. Bu esa kiberxavfsizlikni ta’minlaş masalasiga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etişni taqozo etadi. Mamlakatimizda “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi qonun qabul qilingan bölib, unda kiberxavfsizlik sohasini davlat tomonidan tartibga soliş mexanizmlari, xususan, davlat organlari va taşkilotlarining kiberxavfsizlikni ta’minlaş borasidagi huquq hamda majburiyatlari belgilab berilgan
Anjumanda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni aniqlaş va tergov qilişning xususiyatlari, kibermakonda şaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş va boşqa dolzarb yönalişlar böyiça ma’ruzalar tinglandi, muhim taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati