“Keksalar haftaligi” böyiça xayrli tadbirlar yurtimiz böylab kötarinki kayfiyatda ötkazildi.
Içki işlar vazirligi akademiyasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşgan, ibratli amallari bilan şogirdlar ardoğida bölib kelayotgan faxriylar uçun tadbir uyuştirildi.
Erta tongdan boşlangan tadbir avvalida keksa avlod vakillari öquv dargohida taʼlim olayotgan kursantlar bilan uçraşdilar. Samimiy muloqot davomida tizim fidoiylari öquv dargohida yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, jumladan, Аxborot-resurs markazi, sport majmuasi, Maʼnaviyat va markazi, Аkademiya tarixi muzeyi, Vatanparvarlik burçagi va boşqa inşootlar bilan yaqindan tanişdilar. Аyniqsa poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi hamda “Şon-şaraf” davlat muzeyiga amalga oşirilgan sayohat faxriylarimiz qalbida ğurur va iftixor, tinç-osuda, farovon hayotimizdan çeksiz şukronalik hissini uyğotdi.
Tadbir tökin dasturxon atrofida bayramona kontsert dasturi bilan davom etdi. Аkademiya boşliği, polkovnik Rustam Xatamov yiğilganlarni muborakbod etib, - Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jamiyat, oilalar hamda mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşda ular ögitlaridan foydalaniş azaliy odatlarimizdan biri sanaladi. "Keksalar haftaligi" bu yoş avlodni xalqimizning köp asrlik anʼanalarini hurmat qiliş ruhida tarbiyalaşda yana bir muhim vosita hisoblanadi – dedi Аkademiya boşliği.
Tadbir davomida Аkademiyada uzoq yillar yoşlarni ona Vatanga muhabbat, xizmat burçiga sadoqat ruhida kamol toptirişga munosib hissa qöşib, tizim uçun yetuk malakali kadrlar tayyorlaşda fidoiylik bilan xizmat qilgan bir guruh faxriylarni taʼlim muassasasi rahbari tantanali ravişda nafaqaga kuzatdi.
– Yurtimizda inson qadr-qimmatini uluğlaş azaliy qadriyatlarimizdan, – deydi isteʼfodagi polkovnik Erkin Orifjonov. – Bugungi tadbir nafaqat yoşlar, balki biz kabi faxriylar uçun ham juda ahamiyatli. Boisi, özimiz faoliyat yuritgan taʼlim maskanida amalga oşirilayotgan ulkan yangilanişlar bilan yaqindan tanişdik. Unib-ösib kelayotgan navqiron avlod vakillari bilan dildan suhbat qurib, jöşqin xotiralarni yodga oldik.
Taşkil etilgan uşbu tadbir ibratli hayot yölini bosib ötgan otaxon va onaxonlarda katta taʼsurot qoldirdi.
IIV Аkademiyaisi Аxborot xizmati