Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida o‘quv-saf qismi ofitserlari uchun mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
O‘quv yig‘ini xodimlarning o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibni boshqarish mahoratini yuksaltirish, tashkiliy-huquqiy va tarbiyaviy-psixologik bilimlarini mustahkamlash orqali kursantlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini kuchaytirish, o‘zgaruvchan tarkibning kasbiy, jangovar-jismoniy va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini zamon talablari darajasida tashkillashtirishdan iborat.
Ta’kidlash kerakki, mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichi ikki oyga mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Kursantlar jamoasini umumharbiy nizomlar talablari asosida boshqarish”, “Harbiy ta’lim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmatni o‘tash tartibi”, “O‘zgaruvchan shaxsiy tarkib bilan qonuniylik hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish”, “Zamonaviy rahbarning madaniyati va ma’naviy qiyofasi”, “Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda shaxsning individual psixologik xususiyatlari”, “Boshqaruvda yuzaga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishda yosh davrlari psixologiyasining ahamiyati”, “O‘quv-saf qismi ofitserining kursantlarni boshqarish faoliyatida “profayling” metodining o‘rni”, “Harbiy intizomni mustahkamlashning psixologik asoslari” kabi mavzular qamrab olingan.
Mashg‘ulotlar ta’lim jarayonidagi ilg‘or yondashuv va interfaol metodlar yordamida o‘quv muassasasining malakali professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, Bosh prokuratura, Qurolli Kuchlar akademiyalari hamda turdosh oliy o‘quv yurtlarining tajribali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘quv yig‘ini yakunida xodimlar test sinovi topshirib, yakka tartibdagi suhbatdan o‘tadilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati