Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasbga sadoqatni o‘rgatuvchi maskan

12 Mart 2022, 07:03

1593

Yoshlarning vatanparvarlik, kasbga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularini kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan. Bu borada muzeylarning o‘rni beqiyosdir.

Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi “O‘zbekiston hududida xavfsizlik va ichki tartibni saqlovchi tuzilmalarning shakllanishi”, “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar”, vazirlik sohaviy xizmatlari faoliyati hamda “Ichki ishlar organlari tizimida kadrlar tayyorlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligi hamda ularning ijtimoiy muhofazasi” kabi to‘rtta bo‘limdan iborat.

Maskanda tizim tarixi va rivojlanish bosqichlariga oid ko‘plab eksponatlar, muhim ashyolarni uchratasiz. Ayniqsa el-yurt osoyishtaligi yo‘lida samarali xizmat qilgan xodimlarning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Ayni jihatlari bilan ushbu maskan yuksak ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari muzey faoliyati bilan tanishib, soha o‘tmishi haqida zarur bilimlarga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida maskandan o‘rin olgan eksponatlar tarixi, ichki ishlar organlarining shakllangan an’analar, sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan fidoiylarning jasorati haqida ma’lumotlar berildi.

Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda “Vatanparvarlik kuni” doirasida tashkil etilgan tadbir kursantlarning kasbga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech