Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Karateda Osiyo çempionatiga yöllanmalar, samboda bitta oltin, yengil atletikada esa jamoaviy uçinçi örin

18 Aprel 2023, 12:31

1958

Poyoniga yetgan hafta IIV Akademiyasi sportçilari uçun zafarlarga boy ötdi. Vakillarimiz turli musobaqalarda qatnaşib, qator medallarga sazovor bölişdi.  

12–14-aprel kunlari poytaxtimizdagi “Dinamo” sport majmuasida respublikamiz huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari örtasida yengil atletika böyiça spartakiada ötkazildi.

Musobaqaning şved estafesi yönalişida F. Habibullayev, M. Ergaşev, Ş. Musriddinov hamda A. Salayevdan iborat IIV Akademiyasi kursantlari jamoasi faxrli 3-örinni egallaşga muvaffaq böldi. Bellaşuv yakunida kuçli uçtalikka kirgan sportçi va jamoalar tadbir taşkilotçilarining sovğalari bilan taqdirlandi.

* * *

14–16-aprel kunlari Samarqand şahrida sambo böyiça faxriylar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi. Unda 150 nafardan ortiq iştirokçi 6 ta vazn toifasida bellaşdi.

Kuraşlarga boy ötgan musobaqaning 40-44 yoşli iştirokçilari örtasida IIV Akademiyasi katta öqituvçisi, podpolkovnik Sergey Petryanin (79 kg) faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlarga diplom hamda medallar taqdim etildi.

* * *

15-16-aprel kunlari poytaxtimizdagi “Jar” sport majmuasi karate-do böyiça Özbekiston çempionatiga mezbonlik qildi. Ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasida ötkazilgan musobaqada uç yuzdan ortiq karate ustalari iştirok etdi.

Mamlakat birinçiligida IIV Akademiyasi terma jamoasining 2 nafar a’zosi şohsupadan örin oldi. Jumladan, 1-öquv kursi kursanti J. Turopov ikkita yönalişda bronza medallarini qölga kiritgan bölsa, 2-öquv kursi kursanti H. Fayzullayev bittadan oltin va bronza medallariga sazovor böldi. Mahoratli murabbiy Muxtor Yetmişboyev şogirdlari joriy yili Toşkentda ötkaziladigan qit’a çempionatiga yöllanmani ham naqd qilişdi.  

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech