Ichki ishlar organlarida xizmat intizomini mustahkamlash va sog‘lom muhitni qaror toptirish ustuvor vazifa.
Ana shu maqsadda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari IIBlarida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining biriruvchi kurs kursantlari ishtirok etdi. Ayni kunlarda hududiy ichki ishlar organlarida amaliyot o‘tayotgan yoshlarga amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish haqida tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati