Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

YÖL HARAKATI XAVFSIZLIGI – INSON HAYOTINI ASRAŞNING MUHIM GAROVI

21 May 2022, 19:09

3625

Hisob-kitoblarga köra, dunyo böylab bir kunda 3 mingdan ortiq odam yöl-transport hodisasi qurboni böladi. Şu bois, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş bugun bir mintaqa yoki hudud emas, butun sayyoramiz miqyosida global muammoga aylanmoqda.

Sönggi yillarda respublikamiz yöllarida ham inson hayoti va soğligiga jiddiy xavf solayotgan hodisalar soni sezilarli köpaydi. Birgina, ötgan yilning özida 10 mingdan ziyod yöl-transport hodisasi qayd etilib, ularning aksariyati tezlikni oşiriş, harakat qoidalariga rioya qilmaslik, piyodalar ötiş joyining yetişmasligi oqibatida röy bergani ma’lum bölgan.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida mazkur sohadagi muammolar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Mutasaddi taşkilot va idoralar rahbarlariga yeçimini kutayotgan masalalarni hal etiş yuzasidan zarur topşiriqlar berildi. Şuningdek davlatimiz rahbarining “Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, amaliyotga bir qator yangiliklar joriy etildi.

20-may kuni Içki işlar vazirligi akademiyasida “Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşda innovatsion yondaşuvlar” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.

Anjumanda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Transport, Içki işlar hamda Innovatsion rivojlaniş vazirliklari vakillari, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati, Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi, Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti mutasaddilari, şuningdek Respublika sud ekspertizasi markazi, Toşkent davlat transport universiteti, “Transkasb” korxonalar uyuşmasi hamda boşqa muassasalardan mutaxassislar, ekspert va olimlar iştirok etdi.

Ta’lim maskani rahbari Rustam Xatamov söz olib, ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, sohani takomillaştiriş istiqbollari haqida töxtaldi.

– Muhtaram Prezidentimizning uşbu muammoga alohida e’tibor qaratganlari bejiz emas. Çunki yöllarda sodir bölayotgan har bir köngilsiz hodisa zamirida, eng avvalo, inson taqdiri, uning hayoti va soğligi turibdi. Mamlakatimizda avtotransport vositalari sonining yil sayin oşib borayotgani natijasida yöl-transport hodisalari miqdorining keskin köpaygani mazkur sohani kompleks isloh etiş zaruratini yuzaga keltirmoqda. Şu bois, davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarorida tizimni tubdan isloh etişning ustuvor yönalişlari, xususan, yöl harakati iştirokçilarining mas’uliyati va javobgarligini kuçaytiriş, avtomobil yöllari infratuzilmasini rivojlantiriş, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, yöl-transport hodisalarini keskin kamaytiriş böyiça aniq mexanizmlar belgilab berildi. Şuningdek avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan öquv dasturlarini işlab çiqiş, öqituvçilar, haydovçi-yöriqçi va murabbiylarni qayta tayyorlaş hamda malakasini oşiriş işlari Içki işlar vazirligi akademiyasi zimmasiga yuklatildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada dolzarb mavzu atrofliça muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Farhodbek Aşmatov, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliğining birinçi örinbosari Jamşid Karimov, Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Markaziy kengaşi raisi örinbosari Hasan Mahmudov, Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov, Toşkent davlat transport universiteti prorektori Said Şoumarov, IIV Akademiyasi Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi boşliği Saydulla Kalauovning ma’ruzalari tinglandi. Soha vakillari tomonidan yöl harakati iştirokçilari uçun xavfsiz şart-şaroitlarni yaratiş, avtomaktablar faoliyatini sifat jihatdan yaxşilaş, yöl harakatini taşkil etişni töliq raqamlaştiriş, amaldagi qonunçilikka yangiliklar kiritiş, yöllarda harakatlaniş madaniyatini şakllantirişga qaratilgan kompleks profilaktik çoralarni kuçaytiriş borasida takliflar bildirildi.

Konferensiya işi kunning ikkinçi yarmida şöbalarga bölingan holda davom ettirildi. Şuningdek tadbir iştirokçilari uçun yöl harakati xavfsizligi tizimida qöllanilayotgan zamonaviy texnika va maxsus uskunalar körgazmasi taşkil qilinib, tarğibot materiallari namoyiş qilindi. Anjuman doirasida işlab çiqilgan taklif-tavsiyalar, ilmiy asoslantirilgan innovatsion yondaşuvlar sohadagi muammolarni yeçimiga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech