Bugun, 6-dekabr kuni IIV Akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti (YXHT)ning Özbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan navbatdagi vebinar ma’ruza taşkil etildi.
On-layn formatda ötgan maşğulotni YXHT Transmilliy tahdidlarga qarşi kuraşiş departamentining Politsiya faoliyati böyiça strategik masalalar guruhi ekspertlari Byorn Tore Saltvik hamda Alina Muntyanu olib bordi.
Maşğulot “Jinsiy zöravonlikka qarşi kuraşiş va gender tenglik asosida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tizimida ayol xodimalarning kasbiy ösişini ta’minlaş” mavzuiga bağişlandi. Xorijlik mutaxassislar iştirokida jinsiy zöravonlik, uning sabablari va kelib çiqiş şaroitlari, jinsiy zöravonlik jabrlanuvçilari huquqlarini himoya qiliş, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş, xotin-qizlarga nisbatan sodir qilinayotgan zöravonliklarga qarşi kuraşiş, uşbu holatlarning oqibatlarini yumşatiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan amaliy sa’y-harakatlar, mazkur faoliyatdagi muammolar va ularning yeçimlari xususida fikr almaşildi.
Öz navbatida, YXHT vakillari gender tenglik masalalari, xususan, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini kuçaytiriş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga nisbatan turli tazyiq va zöravonliklarning oldini oliş borasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlarni e’tirof etib ötişdi. Maşğulot davomida ixtisoslik kafedralari professor-öqituvçilari va kursantlar özlari uçun zarur tavsiyalarga ega bölişdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati