Sönggi yillarda içki işlar organlarining xalqçil faoliyatini ta’minlaşga qaratilgan samarali tizim yaratildi. Soha faoliyati tubdan isloh qilinib, quyi böğin sanalgan mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, sodir etilayotgan har bir jinoyatning sabablarini örganiş, bunga imkon berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etişga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq bilan muloqotning manzilli tizimi yölga qöyilib, profilaktika inspektorlarining faoliyati aholining kunlik muammolarini hal etişga yönaltirildi. Jinoyatçilikni barvaqt aniqlaş va foş etiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni qamrab olgan yangi mexanizmlar joriy qilindi. Joylardagi kriminogen vaziyatni çuqur tahlil qiliş, jinoyatlarning dinamikasi va sodir etilişiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlaş, “ilmiy diagnoz” qöyiş orqali jinoyatçilik körsatkiçlarini prognozlaş va uning oldini oliş amaliyoti yölga qöyildi. Muhimi, sohadagi keng qamrovli islohotlar içki işlar organlarini aholiga yanada yaqinlaştirişga, fuqarolarni taşvişga solayotgan muammo va masalalarni joyida hal etiş barobarida, hududlarning kriminogen vaziyatini barqarorlaştirişga xizmat qilmoqda.
Biroq hozirgi murakkab şaroitda yangidan-yangi tahdid va xavf-xatarlarning paydo bölayotgani, jinoyatlarni sodir etiş usullari va maqsadlarining özgarib borayotgani içki işlar organlari faoliyatini ilmiy yondaşuvlar asosida taşkil qilişni, ilmiy faoliyat va amaliyotning uzviy boğliqligini ta’minlagan holda ilmiy işlanmalar natijalarini tizim faoliyatiga keng joriy etişni dolzarb vazifa sifatida qöymoqda.
Bu boradagi işlarni jadallaştiriş maqsadida Içki işlar vazirining “Içki işlar organlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş, natijalarni amaliyotga joriy qiliş va ijobiy tajribalarni ommalaştiriş töğrisida”gi buyruği qabul qilindi. E’tiborlisi, mazkur buyruq bilan IIV Akademiyasi huzurida doimiy faoliyat yurituvçi oliy maslahat organi − Ilmiy işlanmalar natijalarini içki işlar organlari faoliyatiga joriy qiliş va ijobiy tajribalarni ommalaştiriş böyiça kengaş taşkil etildi. Kengaş zimmasiga içki işlar organlari faoliyatining ilmiy asoslarini rivojlantirişning istiqbolli yönalişlarini belgilaş, ilmiy faoliyatni tizimdagi mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda uyğun ravişda olib boriş, hududiy içki işlar organlarining buyurtmasi asosida sodir etilayotgan jinoyatlarning sabab va şart-şaroitlarini örganiş, ularning oldini oliş va foş etiş böyiça ilmiy xulosa va takliflar işlab çiqiş hamda amaliyotga tatbiq etiş, şu asosda joylardagi ilğor tajribalarni ommalaştiriş kabi ustuvor vazifalar yuklatildi.
Joriy yilning 28-yanvar kuni IIV Akademiyasida kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi. Vazirlik tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, kengaş işçi organi a’zolari, professor-öqituvçilar, şuningdek onlayn formatda hududiy içki işlar organlari boşliqlari qatnaşgan yiğilişda yangi tizimning maqsad va vazifalari, uni amalga oşiriş mexanizmlari, zamonaviy şaroitda kengaş oldidagi dolzarb yönalişlar va kutilayotgan natijalar qizğin muhokama qilindi. Akademiya rahbari, polkovnik Rustam Xatamov hududiy içki işlar organlariga ilmiy-metodik jihatdan yordam körsatiş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar hududlarning kriminogen vaziyatini yaxşilaşga xizmat qilayotgani, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali taşkil etişga qaratilgan kengaş faoliyati orqali bu boradagi işlar tubdan takomillaştirişini ta’kidlab ötdi.
Yiğilişda kun tartibidagi masalalar, jumladan, içki işlar organlari faoliyatiga ilmiy işlanmalar natijalarini joriy qiliş va ijobiy tajribalarni ommalaştirişning ahamiyati, Içki işlar vazirligi ilmiy faoliyati hamda kengaşning 2023-yilga möljallangan işlar rejasi işçan ruhda muhokama qilindi. Soha vakillari, hududiy içki işlar organlari rahbarlari, ekspert va mutaxassislarning mulohaza hamda takliflari tinglanib, kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Muxtasar qilib aytganda, içki işlar organlarining xalqçilligini oşiriş, jamiyatdagi obrösini yuksaltiriş bugungi islohotlarning boş maqsadiga aylangan. Bu esa, birinçi navbatda, qonun talablari va inson huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilangan yurtimizda jinoyatçilikning har qanday körinişlariga qarşi murosasiz kuraşiş, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini işonçli himoya qiliş, jamiyatda soğlom ma’naviy muhitni töla qaror toptirişga boğliq. Amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi tizim ayni jihatlari bilan ana şu pirovard maqsadga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati