Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyat qonunçiligini liberallaştiriş – insonparvarlik tamoyilining mezoni

1 Aprel 2023, 20:41

2190

IIV Akademiyasida ötkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida jinoyat qonunçiligining dolzarb masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Unda soha mutaxassislari, sud-huquq tizimi vakillari, respublikamizning yetakçi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridan olimlar hamda kursant yoşlar iştirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini mustahkamlaş jinoyat qonunçiligini milliy va xalqaro tajribaning ilğor jihatlari asosida takomillaştirib borişni taqozo etadi. Sönggi yillarda amaldagi qonunçilikni lebaral huquqiy tizim sifatida şakllantiriş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirildi. 

Xususan, ilgari milliy qonunçiligimizda mavjud bölmagan ayrim turdagi jinoyatlar hamda majburiy mehnatga qarşi javobgarlikning amaliyotga tatbiq etilgani, öndan ortiq moddalar şaxsni javobgarlikdan ozod qilişga qaratilgan rağbatlantiruvçi normalar bilan töldirilgani, jinoiy javobgarlikning minimal 14 yoşdan belgilanib, “qamoq” jazosining bekor qilingani şular jumlasidandir.

Ilmiy-amaliy konferensiyada Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni Rustam Jörayev, IIV Akademiyasi boşliğining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça örinbosari Ruftullo Nigmatov, Jamoat xavfsizligi universiteti boşliği Mirzayusuf Rustambayev, Toşkent davlat yuridik universiteti professori Abrorjon Otajonov, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi kafedra boşliği Xurşid Karimov, IIV Akademiyasi professori Rustam Kabulov va boşqalar sözga çiqdi. Mamlakatimiz jinoyat qonunçiligining tarixi va rivojlaniş bosqiçlari, mazkur tizimni takomillaştiriş yölida amalga oşirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yönalişlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Huquqşunos olimlarning dolzarb mavzudagi çiqişlari yakunida muhim taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech